Jahon

Qirg‘izistonda uchta OAV ekstremistik tashkilot deb e'lon qilindi

8 nafar jurnalist turli muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Qirg‘izistonda uchta OAV ekstremistik tashkilot deb e'lon qilindi

Qirg‘izistonda "Kloop" nashriyoti hamda "Temirov Live" va "Ayt Ayt Dese" YouTube-kanallari ekstremistik tashkilotlar sifatida tan olindi va ularning materiallarini tarqatish taqiqlandi.

 

Bishkek shahrining Oktyabr tumani sudi qaroriga ko‘ra, ushbu OAVlarning faoliyati ekstremistik deb topilgan. Sud qarori bilan:

 

"Kloop" asoschisi Rinat Tuxvatshin, "Temirov Live" va "Ayt Ayt Dese" kanallari asoschisi Bolot Temirov faoliyati ekstremistik deb e'lon qilindi.

 

Sud qarorini amalga oshirish Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish va innovatsion texnologiyalar vazirligi huzuridagi aloqa sohasini tartibga solish va nazorat qilish xizmatiga yuklatildi.

 

Nashrlar o‘z faoliyati davomida mamlakatda noqonuniy ravishda pul chiqarish, korrupsiya, Rossiya kompaniyalarining Qirg‘iziston firmalari orqali sanksiyalarni chetlab o‘tish sxemalari bo‘yicha jurnalistik tergovlar olib borish bilan mashhur edi.

 

Jurnalistlarga "ommaviy tartibsizliklarga da'vat qilish" ayblovi qo‘yilgan bo‘lib, to‘rt nafar jurnalist olti yilgacha ozodlikdan mahrum etildi, yana to‘rt nafari uch yillik sinov muddati bilan jazolandı.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.