Rossiyada rusiyzabon migrantlarning farzandlarini til imtihonlaridan ozod qilish taklif qilindi
Davlat Dumasi yangi tashabbusni ko‘rib chiqmoqda.

Rossiya Davlat Dumasi maktabga kirishda rus tilini bilish imtihonidan ozod qilish tartibini belgilovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Loyiha Davlat Dumasining elektron ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan.
Yangi qoidalarga ko‘ra, quyidagi toifadagi bolalar rus tilini bilish testidan ozod etiladi:
- Ona tili rus tili bo‘lgan migrantlar farzandlari
- Rossiyaga madaniy jihatdan yaqin bo‘lgan bolalar
- Repatriatsiya qilingan oilalarning farzandlari
Imtihondan ozod qilishning aniq tartibi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning bahorida migrantlar farzandlari uchun rus tilini bilish testi joriy qilingan edi. Test bolalarning nutq, tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini sinf darajasi bo‘yicha baholaydi.








