O'zbekiston

Sirdaryoda advokat 5500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

U gumonlanuvchi fuqaroning ishini sudda "ijobiy hal qilish" va uning saqlash joyini o‘zgartirishni va’da qilgan.

Sirdaryoda advokat 5500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Davlat Xavfsizlik Xizmati (DXX) va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokatining noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

​Aniqlanishicha, ushbu advokat o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, tuman Ichki ishlar bo‘limi (IIB) huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan fuqaroning ishini “ijobiy hal qilib berish” evaziga pul talab qilgan.

 

​Xususan, ayblanuvchi fuqaroni Xovos tumanidagi 8-son Tergov hibsxonasidan Sirdaryo tuman IIB vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga o‘tkazish hamda keyinchalik jinoyat ishini sudda uning foydasiga hal qilib berish maqsadida, advokat 5500 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini talab qilgan.

 

​Tezkor tadbir natijasida advokat talab qilingan summaning bir qismi – 4500 AQSh dollari va 6 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

​Ushbu advokat gumonlanuvchining huquqlarini himoya qilish maqsadida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan edi. Bu esa uning o‘z advokatlik qasamyodi va kasbiy majburiyatlariga nisbatan xiyonat qilganini anglatadi.

 

​Hozirda mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Sirdaryoda advokat 5500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi | Zamon.uz