O'zbekiston

YUNESKOning Milliy komissiyalar yig‘ilishida qaysi masalalar ko‘tarildi?

Muhokamalarda YUNESKO va bir nechta davlatlarning milliy komissiyalari vakillari ishtirok etgan.

YUNESKOning Milliy komissiyalar yig‘ilishida qaysi masalalar ko‘tarildi?

Avvalroq Samarqandda YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalarning XII mintaqalararo uchrashuvi o‘z ishini boshlagani haqida xabar berilgan edi. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi unda qanday masalalar muhokama qilingani haqida maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, tadbirda YUNESKO Bosh direktori o‘rinbosari Sin Syuy (Xing Qu) va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi, O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi raisi, Prezident Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari Gayane Umerova tabrik so‘zlarini yo‘llagan. Uchrashuvga raislik qilish uchun saylangan Gayane Umerova o‘z nutqida Samarqandning tamaddunlar chorrahasi sifatidagi ramziyligini taʼkidlab, YUNESKO tomonidan belgilab berilgan sheriklik va birdamlik ruhini yangilash muhimligini taʼkidlagan.

 

Ertalabki dastur mavzuga oid ikki sessiyadan iborat bo‘lgan. Birinchisi yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda barqaror rivojlanish uchun ularning tinchlik, inson huquqlari, ijtimoiy inklyuziya va taʼlimni ilgari surishdagi roliga bag‘ishlangan. Muhokamada YUNESKO, shuningdek, Germaniya, Kanada va Keniya milliy komissiyalari vakillari ishtirok etgan.

 

Ikkinchi muhokama sho‘basi raqamli davrda madaniyatlar va jamoalarning o‘zaro muloqotiga bag‘ishlanib, unda madaniy meros, barqaror turizm va Ipak yo‘li yo‘nalishlariga eʼtibor qaratilgan. So‘zga chiqqanlar orasida YUNESKO hamda Fransiya, Kyurasao va O‘zbekiston milliy komissiyalari vakillari bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

YUNESKOning Milliy komissiyalar yig‘ilishida qaysi masalalar ko‘tarildi? | Zamon.uz