O‘zbekistonda 7 kun elektr uchun to‘lov qilib bo‘lmasligi haqidagi xabarlar rad etildi
“Hududiy elektr tarmoqlari” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma'lum qildi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan" 30-oktabrdan 5-noyabrgacha elektr energiyasi uchun to‘lov qilib bo‘lmaydi" degan xabar mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", – deydi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmati.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda hech qanday yangi hisob-kitob tizimiga o‘tish ishlari amalga oshirilmayapti va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda texnik muammolar mavjud emas.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ fuqarolardan faqat rasmiy manbalarda e’lon qilinadigan axborotlarga ishonish va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi. Kompaniya o‘z mijozlariga elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashni davom ettirishni va to‘lov tizimida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmasligini ta’kidladi.








