O'zbekiston

“43-sessiya mintaqa tarixidagi eng yirik xalqaro forumlardan biri bo‘ladi”

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi arafasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi.

“43-sessiya mintaqa tarixidagi eng yirik xalqaro forumlardan biri bo‘ladi”



Bugun Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o'z ishini boshlaydi. Tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan bu forum so'nggi 40 yil ichida ilk bor YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohidan tashqarida va birinchi marta Markaziy Osiyoda o'tkazilmoqda. Forum YUNESKO tashkil etilganining 80 yilligi bilan ham mos kelmoqda.

 

43-sessiya mintaqa tarixidagi eng yirik xalqaro forumlardan biriga aylanishi kutilmoqda. Unda 190 ta a'zo davlat va xalqaro tashkilotlardan 2 ming 800 dan ortiq vakil, shu jumladan 70 ga yaqin yuqori darajali shaxslar ishtirok etadi. Tantanali ochilish marosimida faxriy mehmonlar sifatida hozir mamlakatimizda bo'lib turgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini ham qatnashadi.

 

Samarqand sessiyasi doirasida 150 dan ortiq turli tadbirlar o'tkaziladi, shu jumladan O'zbekiston tashabbusi bilan 20 dan ziyod qo'shimcha tadbirlar tashkil etilgan. Tantanali ochilish marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so'zlaydi. Davlatimiz rahbarining nutqida bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.

 

Tadbir doirasida Prezidentimiz Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini va YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi. YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi dunyo va mamlakatimizning yetakchi ommaviy axborot vositalari, jami 500 dan ziyod jurnalist tomonidan yoritiladi. Samarqandda ularning samarali faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“43-sessiya mintaqa tarixidagi eng yirik xalqaro forumlardan biri bo‘ladi” | Zamon.uz