Pokiston va Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuv: 10 ga yaqin askar halok bo‘ldi
TTP guruhining 7 nafar jangarisi ham o‘ldirilgan.

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida Afg‘oniston bilan chegaradosh hududda qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Voqea natijasida olti nafar pokistonlik askar, shu jumladan bir zobit halok bo‘ldi. "Tehrik-e-Tolibon Pokiston" (TTP) guruhi aʼzolari bilan xavfsizlik kuchlari o‘rtasida sodir bo‘lgan otishmada guruhning yetti nafar jangarisi ham o‘ldirilgan.
Pokiston armiyasi bo‘linmalari TTP guruhining Dogar hududida borligi haqidagi ma’lumotni olgach, maxsus operatsiya o‘tkazgan. Operatsiya davomida yuz bergan qurolli to‘qnashuvda ikkala tomondan ham janglarning qizg‘in kechgani ma’lum qilindi.
Hozircha halok bo‘lgan askarlarning shaxsi va to‘qnashuvning aniq sabablari to‘g‘risida batafsil ma’lumot oshkor etilmagan. Voqea mintaqadagi xavfsizlik vaziyatining yana bir bor keskinlashganligini ko‘rsatmoqda.







