Rossiyada bir guruh o‘zbekistonliklar noqonuniy migratsiya tashkil etishda ayblanmoqda
Gumonlanuvchilar 2023-2024 yillarda qalbaki immigratsiya hujjatlari tayyorlagan.

Rossiyaning Voronej shahrida noqonuniy migratsiyani tashkil qilishda ayblanayotgan yettita O‘zbekiston fuqarosining sud jarayonlari boshlandi. Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar ikki yil davomida qalbaki immigratsiya hujjatlari tayyorlab, chet el fuqarolariga Rossiyada noqonuniy yashash imkoniyatini yaratgan.
Tergov materiallarida ko‘rsatilishicha, jinoiy guruh 2023-yil yanvaridan 2024-yil dekabrigacha qalbaki hujjatlar tayyorlash va ularni pul evaziga taqdim etish bilan shug‘ullangan. Ushbu hujjatlar chet el fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy yashashga ruxsat bergan.
Jinoiy ish hozirda Voronejning Kominternovskiy tuman sudida ko‘rib chiqilmogda. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, guruh faoliyati davomida ko‘plab chet el fuqarolari uchun qalbaki ro‘yxatdan o‘tish hujjatlari tayyorlangan.







