Urgutda mast erkak o‘qituvchini kaltakladi
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanida o‘qituvchi do‘pposlangani haqida video tasvirlar tarqaldi. Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, holat haqida ichki ishlar bo‘limiga xabar berilgan va o‘qituvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
“Ayni paytda o‘qituvchining umumiy ahvoli yaxshi. Ushbu holat Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan”, — deyiladi munosabatda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







