Xitoyda blogerlar faoliyati cheklanmoqda
Endilikda bloggerlar tegishli soha bo‘yicha diplom, litsenziya yoki sertifikat taqdim etishlari shart.

Xitoyda 25-oktabrdan kuchga kirgan yangi qonunga ko‘ra, bloggerlar tibbiyot, huquq, ta’lim va moliya kabi mutaxassislik talab qiladigan sohalarda kontent yaratish uchun rasmiy malaka hujjatlarini taqdim etishlari shart qilib belgilandi. Kibermakon ma’muriyati (CAC) tomonidan e’lon qilingan qoidalar Douyin, Bilibili va Weibo kabi platformalarda qo‘llanilmoqda.
Yangi tartibga ko‘ra:
- bloggerlar tegishli soha bo‘yicha diplom, litsenziya yoki sertifikat taqdim etishlari majburiy
- kontent asosini tashkil etgan tadqiqot va manbalarni ko‘rsatish talab etiladi
- platformalar yangi qoidalarni amalda qo‘llashni boshlagan
Rasmiylar tadbirning maqsadi onlayn dezinformatsiyaga qarshi kurashish va foydalanuvchilarni noto‘g‘ri maslahatlardan himoya qilish ekanligini ta’kidlamoqda. Biroq tanqidchilar yangi qonun ijodkorlik va so‘z erkinligini cheklashi mumkinligini bildirmoqda.







