O'zbekiston

Buxoroda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Ta’lim jarayoni jismoniy va psixologik bosim ostida olib borilgan.

Buxoroda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida Shofirkon tumanida bir guruh shaxslarning o‘z uylarida bolalarni noqonuniy ravishda diniy ta’limga jalb qilganliklari aniqlandi. Ma’lum qilinishicha, ta’lim jarayoni sanitariya talablariga zid sharoitlarda, jismoniy va psixologik bosim ostida olib borilgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quvchilar orasida nafaqat Buxoro viloyati, balki Samarqand va Jizzax viloyatlaridan kelgan bolalar ham bo‘lgan. Jami uch nafar bola noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilingan.

 

Joriy yilning avgust oyidan boshlab O‘zbekistonda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish bilan bog‘liq javobgarlik kuchaytirilganligi ta’kidlanmoqda. Endilikda bu kabi qonunbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik o‘rniga Jinoyat kodeksiga binoan javobgarlik belgilangan.

 

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining “Diniy ta’limotlarni o‘qitish tartibini buzish” moddasining 2-qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchilarga uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buxoroda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar qo‘lga olindi | Zamon.uz