O'zbekiston

Namanganda noqonuniy dori ishlab chiqarish sexi fosh qilindi

Qo‘lboda usulda tayyorlangan dorilar Farg‘ona vodiysi va Toshkent va boshqa viloyatlarga yetkazib berilgan.

Namanganda noqonuniy dori ishlab chiqarish sexi fosh qilindi

Namangan shahrida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va Bojxona qo‘mitasi hamkorligida noqonuniy dorivor moddalar aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchi MChJ tomonidan qonuniy talablarga zid ravishda tashkil etilgan dori ishlab chiqarish sexi fosh qilindi.

 

Tekshiruvlar davomida quyidagi moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi:

 

  • 138 031 quti (9 turdagi) dori va biologik faol qo‘shimchalar (1,2 mlrd so‘mdan ortiq)
  • 1,8 mlrd so‘mlik prekursorlar
  • 3,4 mlrd so‘mlik flakon, qopqoq, quti va etiketkalar
  • 18 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish uskunalari (14 nomda)
  • 5,6 mlrd so‘mlik maxsus idishlar (23 dona)

 

Jami 30 mlrd so‘m qiymatdagi moddiy boyliklar musodara qilindi.

 

MChJ faqatgina biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish uchun sertifikat olgan bo‘lsa-da, sanitariya talablariga javob bermaydigan joyda 9 turdagi kontrafakt dori vositalarini tayyorlagan. "Pikovit" dorisi "Pivovit", "Kanefron" - "Kanaseron", "Espumizan" - "Espumetik", "Nistatin" - "Nestitam" ko‘rinishida ishlab chiqarilgan.

 

Qo‘lboda usulda tayyorlangan dori vositalari Farg‘ona vodiysi, Toshkent shahri va boshqa viloyatlarga yetkazib berilgan. Hozirda qalbaki dori vositalari bo‘yicha ekspertiza tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda noqonuniy dori ishlab chiqarish sexi fosh qilindi | Zamon.uz