Jahon

Sudandagi shifoxonada bir kunning o‘zida 460 kishi otib o‘ldirildi

Shuningdek, to‘rt nafar shifokor, bir farmatsevt va bir hamshira o‘g‘irlab ketilgan.

Sudandagi shifoxonada bir kunning o‘zida 460 kishi otib o‘ldirildi

Sudandan ikki yil oldin boshlangan fuqarolar urushi hamon davom etmoqda. Urush davomida 1204 kishi halok bo‘lgan, 416 kishi esa yaralangan.

 

28-oktabr kunining o‘zida shifoxonadagi 406 kishi otib tashlangan.

 

30-oktabr kuni Sudan hukumat armiyasiga qarshi kurashib kelayotgan qurolli guruh bir yarim yildan ortiq qamalda qolib ketgan Al-Fashir shahrini egalladi.

 

"Sudan shifokorlar tarmog‘i" ma’lumotiga ko‘ra, "Tezkor javob kuchlari" (RSF) jangchilari "kasalxonadagi barcha odamlarni, shu jumladan bemorlar va ularning hamrohlari"ni o‘ldirilgan. Shuningdek, ular olti nafar tibbiyot xodimini – to‘rt nafar shifokor, bir farmatsevt va bir hamshirani o‘g‘irlab ketganlikda ayblanmoqda.

 

Tashkilot ma’lum qilishicha, ularning ozod qilinishi evaziga 150 ming dollardan ortiq to‘lov talab qilinmoqda. Aniq qurbonlar soni noma’lum, biroq tashkilot shahar qo‘lga olingach, "tibbiyot muassasalari go‘yoki qatl qilish joylariga aylanganini" qayd etdi.

 

Al-Fashir qarshilik qo‘mitasi – mahalliy faollar guruhi – ham Saudiya kasalxonasiga hujum haqida xabar bergan.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya kasalxonasida 460 dan ortiq bemor va ularning qarindoshlari o‘ldirilgan. JSST shuningdek, Sudanda tibbiyot muassasalariga 185 ta hujum qayd etilganini, natijada 2023 yil aprelida boshlangan fuqarolar urushi davomida 1204 kishi halok bo‘lgani, 416 kishi esa yaralanganini bildirdi.

 

Tashkilot bayonotida aytilishicha, 26-oktabr kuni shahar hududidagi yagona qisman ishlayotgan shifoxona osha oyda to‘rtinchi marta hujumga uchragan. (JSST bayonotida hujumni kim amalga oshirgani ko‘rsatilmagan va "Tezkor javob kuchlari" tilga olinmagan.) O‘sha kuni bir nafar hamshira halok bo‘lgan, uch tibbiyot xodimi yaralangan. 28-oktabr kuni esa olti tibbiyot xodimi o‘g‘irlab ketilgan va xuddi o‘sha kuni shifoxona binosida 460 dan ortiq odam otib tashlangan.

 

BBC jurnalistlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarni tahlii qilib, ularda RSF jangchilari qurolsiz fuqarolarni otayotganini tasdiqlovchi kadrlarni anilqlagan.

 

Al-Fashirning qamali bir yarim yil davom etdi. 2025-yil fevralidan boshlab – ochlik va tinimsiz o‘q otishlar sharoitida – shaharga gumanitar yordam yetkazish butunlay to‘xtagan. Oziq-ovqat va dori zaxiralari deyarli tugagan. Shunga qaramay, u yerda 260 mingga yaqin tinch aholi, jumladan 130 ming bola qolgan. Ko‘pchilik uchun Saudiya kasalxonasi so‘nggi boshpana vazifasini bajargan.

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq gumanitar masalalar bo‘yicha vakili Yan Egeland Al-Fashirni "Yer yuzidagi eng dahshatli joy" deb atadi.

 

"Ko‘p oylik azob-uqubatlar, ochlik va tibbiy yordam yetishmasligiga endi omaviy qirg‘inlar ham qo‘shildi. Bu – dunyodagi eng yirik gumanitar inqiroz, deyarli to‘liq zulmatda sodir bo‘layotgan fojoadir. Unga nisbatan dunyo jamoatchiligi dahshatli darajada befaroq," – dedi Egeland.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Sudandagi shifoxonada bir kunning o‘zida 460 kishi otib o‘ldirildi | Zamon.uz