O'zbekiston

UNESCO 80 yilligiga bag‘ishlab: Samarqandda Amir Temur davridagidek bog‘lar barpo etilmoqda

Tashkilotning 43-sessiyasi kunlarida Samarqandda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ekologiya vazirligi tomonidan tashkil etilgan marosimda xorijiy davlat delegatsiyalari ham faol ishtirok etdi.

UNESCO 80 yilligiga bag‘ishlab: Samarqandda Amir Temur davridagidek bog‘lar barpo etilmoqda

Samarqandda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi kunlari viloyatning 5 gektarlik hududida tashkilotning 80 bag‘ishlab yashil bog‘lar barpo etilmoqda. Bu haqida tadbirda ishtirok etayotgan Zamon.uz muxbiri xabar berdi.

 

Bugun, 31 oktyabr kuni Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasi hududida 1,2 gektar maydonda 564 tup daraxt va butalar ekildi. Ular orasida qayrag‘och, katalpa, yapon saforasi, eman, sharqiy chinor, ot kashtani, lola daraxti, forzitsiya, lavanda, tuya, shuningdek akatsiya, tol, xurmo va olma daraxtlari bor.

 

Yashil bog‘ shunchaki ko‘kalamzor emas, balki haqiqiy ekologik innovatsiyalar markaziga aylanadi. Bu yerda suv sarfini kamaytiruvchi tomchilatib sug‘orish tizimlari, energiya tejovchi quyosh panellari va nasoslar, yomg‘ir suvini yig‘ib, qayta foydalanish tizimlari, chiqindilarni kompost qilish va tuproqni boyitish joylari, mahalliy tabiiy materiallardan yasalgan yo‘laklar va o‘rindiqlar joriy etiladi.

 

Soyali yashil hududlar barpo etilishi natijasida shahar muhitida harorat pasayadi va “issiqlik oroli” effekti kamayadi.

 

Yashil bog‘ “Silk Road Samarkand” turistik markazi va Qorasuv massivi hududida, Zarafshon daryosiga yaqin joyda joylashadi. Madaniy markazga yaqinligi sababli bu joy dam olish, maʼrifat va xalqaro do‘stlik ramzi sifatida xizmat qiladi.

 

Loyiha konsepsiyasi Amir Temur bog‘lari falsafasiga asoslanadi — ular o‘tmish, hozirgi va kelajakni ramziy tarzda birlashtirgan. “Yashil bog‘” Sharqning klassik bog‘ meʼmorchiligi uslubida yaratilib, Sohibqiron Amir Temurning bizgacha yetib kelgan asosiy mashhur 9 ta bog‘iga (“Bog‘i Chinor”, “Bog‘i Behisht”, “Bog‘i Davlatobod”, “Bog‘i Dilkusho”, “Bog‘i Shamol”, “Bog‘i Nav”, “Bog‘i Jahonnamo”, “Bog‘i Maydon”, “Bog‘i Baland”) xos tarzda 9 ta bo‘limga ajratiladi va Sohibqiron bog‘lari xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Bog‘ bo‘limlarida o‘sha davrga xos tarzda chinor, oq qayin, tut, xurmo, kedr, pavloniya, atirgul butalari, lavanda, magnoliya, lola, tol, akatsiya, fotiniya, zarang, qayrag‘och, sakura, sekvoyya va boshqa daraxt va butalar o‘tqaziladi. Rejaga ko‘ra, UNESSOning 80 yilligiga bag‘ishlangani uchun ramziy maʼnoda 80 mingta daraxt va buta ekiladi.  Bu daraxtlar nafaqat estetik muhit yaratadi, balki ekologik muvozanatni ham taʼminlaydi. Bog‘da o‘zbek rassomlari va dizaynerlari tomonidan yaratilgan zamonaviy art-installyatsiyalar ham joylashtiriladi. Loyiha mahalliy hamjamiyatlar va xalqaro hamkorlarni yashil kelajak sari birlashtiradi.

 

Barqaror kelajak sari tashlangan har bir qadam amaliy ahamiyatga ega. Shu maʼnoda, jahonning turli burchaklaridan ishtirokchilarni birlashtiradigan yirik xalqaro tadbir chog‘ida atmosferaga chiqariladigan zararli tashlamalar miqdorini kamaytirish maqsadida 80 000 daraxt ekish tashabbusi — ekologik masʼuliyat va ilmiy yondashuvning yorqin ifodasidir. Bu daraxtlar nafaqat uglerod izini neytrallashtirishga xizmat qiladi, balki mintaqaning iqlim barqarorligi, havo sifati va bioxilma-xilligini mustahkamlashga ham ulkan hissa qo‘shadi. Tabiat bilan uyg‘unlikda o‘tkazilgan bunday aksiya inson faoliyatining ekologik izini qayta ko‘rib chiqishga chorlab, barqaror taraqqiyot g‘oyasini amalda namoyon etadi.

 

“Yashil bog‘” loyihasi UNESSO qadriyatlariga mos keladi hamda O‘zbekistonning ekologik yetakchiligini, boy madaniyatini va global ekologik birdamlikni namoyish etadi. Bu tashabbus kelajak avlodlar uchun ochiq, barqaror yashil makonni yaratish sari muhim qadamdir. U Samarqand va butun O‘zbekistonning ekologik hamda madaniy rivojlanishga sodiqligini ifodalovchi tirik timsolga aylanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

UNESCO 80 yilligiga bag‘ishlab: Samarqandda Amir Temur davridagidek bog‘lar barpo etilmoqda | Zamon.uz