Xitoy 3 astronavt va 4 ta sichqonini kosmosga uchirdi
Missiya biologik jarayonlar va organizm to‘qimalaridagi o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.

Xitoy Shenzhou dasturi doirasida yana bir kosmik parvozni amalga oshirdi. Tsichuan kosmodromidan uchirilgan raketada 3 nafar astronavt va ilmiy tajribalar uchun mo‘ljallangan 4 ta laboratoriya sichqoni bo‘lgan. Ekipaj mamlakatning “Tyanxe” orbital modulida bir necha oy davomida tadqiqot ishlarini olib boradi.
Xitoy Milliy aerokosmik boshqarmasi maʼlumot berishicha, parvozning asosiy maqsadi — mikrotortilma (nul og‘irlik) sharoitida biologik jarayonlar va organizm to‘qimalaridagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Sichqonlar maxsus biokapsulalarda joylashtirilgan bo‘lib, ularda fiziologik ko‘rsatkichlar doimiy nazorat ostida turibdi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu tajribalar kelgusida Oy va Marsga uzoq muddatli parvozlar davomida inson salomatligini saqlashga oid muhim maʼlumotlarni berishi mumkin.







