O'zbekiston

Bir qator hududlarda hokimlar almashdi

5 ta viloyatda tuman-shaharlarga yangi hokimlar tayinlandi.

Bir qator hududlarda hokimlar almashdi

Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, Zoyir Mirzayev Ohangaron shahar  hokimi lavozimiga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish,  ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Sadriddin Shoqosimov nomzodini tavsiya qildi.

 

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi Sadriddin Shoqosimovni shahar hokimi etib tasdiqladi.

 

Elyorbek Abdurahmonov Xonobod shahri hokimi etib tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan.

 

Shohrux Boltayev Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Karmana tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

 

Shuningdek, Alisher Rashidov Navbahor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

 

Narpay tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Anvar Boliyev hokim etib tayinlandi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Bir qator hududlarda hokimlar almashdi | Zamon.uz