Ilon Mask: 2030-yilgacha smartfonlar yo‘qoladi
Mask smartfonlar butunlay yo‘qolishi va ularning o‘rnini sun’iy intellektga asoslangan qurilmalar egallashini aytdi.

Ilon Mask 2030-yilga borib an’anaviy smartfonlar bozordan chiqib ketishi va ularning o‘rnini sun’iy intellektga asoslangan yangi turdagi qurilmalar egallashini ma’lum qildi. Bu haqda u 31-oktabr kuni jurnalist Jo Rogan bilan intervyu chog‘ida fikr bildirdi.
Maskning ta’kidlashicha, bugungi kunda “smartfon” deb ataluvchi qurilmalar aslida sun’iy intellektning video tahlili uchun mo‘ljallangan tugun sifatida ishlaydi va faqat aloqa uchun zarur radio modullari bilan jihozlangan. Kelajakda esa foydalanuvchi qurilmasidagi sun’iy intellekt to‘g‘ridan-to‘g‘ri serverdagi AI tizimi bilan o‘zaro integratsiyalashgan holda ishlaydi.
Uning fikricha, yaqin yillarda operatsion tizim va alohida ilovalar tushunchasi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ularning o‘rnini AI imkoniyatlari bilan to‘liq integratsiyalashgan, asosan ekran va audioga ega moslamalar egallaydi.
Mask, shuningdek, sun’iy intellekt foydalanuvchilarning ehtiyoj va istaklarini oldindan anglay oladigan darajaga yetishini ham taxmin qilmoqda.







