O'zbekiston

O‘zbekiston bo‘ylab tozalik oyligining 15 kunligida 243 ming tonna chiqindi olib chiqildi

Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan tozalik oyligi doirasida 15 kunlik natijalar taqdim etildi.

O‘zbekiston bo‘ylab tozalik oyligining 15 kunligida 243 ming tonna chiqindi olib chiqildi

O‘zbekiston bo‘ylab 15-oktabrdan 15-noyabrgacha o‘tkazilayotgan “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida dastlabki o‘n besh kunlik natijalar ma’lum qilindi. Yakunlarga ko‘ra, respublika hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va sanitariya tadbirlari amalga oshirilib, katta hajmdagi chiqindilar yig‘ishtirildi.

 

Tozalik aksiyasining ilk 15 kunida 19 ming nafardan ortiq sanitar tozalash va obodonlashtirish xizmati xodimlari ishtirok etdi. Shu davrda 32 099 ta mahalla hududi va 16 887 ta jamoat maskanlarida tozalash ishlari olib borildi. Jarayonlarga 28 937 dona maxsus texnika jalb qilinib, 243 278 tonna chiqindi yig‘ishtirildi va hududlardan chiqarib tashlandi.

 

Hududlarda tartib-intizomni kuchaytirish maqsadida Prokuratura, IIB, Milliy gvardiya va Ekologik davlat nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash va sanitariya qoidalarini buzish bilan bog‘liq 36 788 ta huquqbuzarlik aniqlanib, ularga qonunchilik asosida choralar ko‘rildi.

 

Tozalik tadbirlarida, shuningdek, 22,5 mingdan ziyod davlat tashkilotlari xodimlari hamda o‘ndan ortiq hamkor tashkilotlar vakillari faol ishtirok etdi.

 

Mazkur oylik doirasidagi ishlar yil yakuniga qadar izchil davom ettiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston bo‘ylab tozalik oyligining 15 kunligida 243 ming tonna chiqindi olib chiqildi | Zamon.uz