O'zbekiston

Oʻzbekiston va Finlyandiya hamkorligida “Green Zone” barpo etiladi

U chiqindilarni qayta ishlash uchun maxsus tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston va Finlyandiya hamkorligida “Green Zone” barpo etiladi

Тoshkent shahrida 31-oktabr kuni Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida “Oʻzbekiston – Finlyandiya” biznes forumi boʻlib oʻtdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida turli yoʻnalishlarda Qoʻshma bayonot imzolandi.

 

Shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Finlyandiyaning “EPSE Oy” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Anglashuv memorandumida “Oʻzbekiston Respublikasida chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha “Green Zone” sanoat markazini barpo etish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida”gi qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

 

Unga koʻra, respublikada chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning qiymatini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etish sohasi rivojlantiriladi.

 

Chiqindilarni iqtisodiyotning muhim boʻlagiga aylantirishga qaratilgan sanoat obyektlari va innovatsion maydonchalar yaratiladi.

 

Tomonlar ishtirokidagi ilgʻor texnologiyalar, bilim va kompetensiyalarga asoslangan oʻzaro manfaatli hamkorlik shakllarini oʻrganish hamda amalga oshirish masalalariga alohida ahamiyat qaratiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oʻzbekiston va Finlyandiya hamkorligida “Green Zone” barpo etiladi | Zamon.uz