Qirg‘izistondagi maktabda bolalar ommaviy zaharlandi
50 dan ortiq bola qusish va diareya shikoyati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Kecha, 31 oktyabr kuni Bishkekdagi xususiy maktabda 58 kishi ovqatdan zaharlanib, tibbiy yordamga murojaat qilishgan. Ulardan 54 nafari maktab o‘quvchilari va 4 nafari kattalar.
Shifokorlaga ko‘ra, zaharlanish maktab oshxonasida tushlik payti isteʼmol qilingan shaurma oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
9 nafar bemor shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli barqaror. 49 kishi esa ko‘rikdan so‘ng zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, uy sharoitida davolanish uchun yuborilgan. Bemorlarning oshqozoni yuvilgan, zarur tahlillar olingan. Hodisa yuzasidan epidemiologik tergov ishlari boshlangan.







