Jahon

Quddusda minglab ultra-ortodoks yahudiylari harbiy xizmatga bormaslik uchun namoyishga chiqdi

Bu namoyish katta siyosiy inqirozlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Quddusda minglab ultra-ortodoks yahudiylari harbiy xizmatga bormaslik uchun namoyishga chiqdi

Quddusda yuzaga kelayotgan namoyishlarni hukumat tinchlantira olmasa, mamlakat urush davrida katta siyosiy inqirozga yuz tutishi mumkin. Bu amaldagi bosh vazir Binyamin Netanyahu hokimiyatdan chetlatilish darajasigacha borishi ehtimoli bor.

 

Quddusda taxminan 200 ming ultra-ortodoks yahudiylari harbiy xizmatdan ozod bo‘lishni talab qilib, namoyishga chiqishdi.

 

Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, namoyishga an’anaviy qora kostyum va shlyapa kiygan yahudiy jamoalarining erkaklari harbiy chaqiruvga qarshi plakatlar ko‘tarib, G‘arbiy Quddus ko‘chalarini to‘sib qo‘ygan. Namoyishni tarqatish uchun 2 ming nafar huquqni muhofaza qiluvchi xodim safarbar qilingan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyish vaqtida bir o‘smir 9 qavatli binodan tushib ketib, halok bo‘lgan.

 

Namoyishga chiqqanlar qo‘llarida “Xalq — Torax bilan”, “Yeshivani yopish — yahudiylikka o‘lim hukmi” deya yozilgan plakatlarni ko‘tarib olishgan.

 

So‘nggi oylarda ultra-ortodoks yahudiylariga minglab harbiy chaqiruv hujjatlari yuborilgan. Armiya safida xizmat qilishni istamagan jamoa a’zolari bo‘yin tovlashda ayblanib, qamoqqa olingan.

 

Al Jazeera nashrining yozishicha, namoyishchilardan biri armiyaga borishdan bosh tortganlar harbiy qamoqqa yuborilayotganini aytgan.

 

“Bu juda yomon emas. Lekin biz yahudiy davlati sifatida yashaymiz. Yahudiylikka qarshi keta olmaysiz — bu ishlamaydi”, — degan namoyishchilardan biri Shmuel Orbach.

 

Harbiy xizmat va undan kimlar ozod etilishini belgilash — Isroil jamiyati uchun uzoq yillardirki, ziddiyatli masala bo‘lib kelmoqda. Bu masala ayniqsa Binyamin Netanyahu boshchiligidagi hukumat uchun muammoli tus oldi, xususan G‘azodagi urush fonida.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1948-yilda Isroil tashkil etilgan paytda ultra-ortodokslar soni oz bo‘lgani sababli, yahudiy dini matnlarini mutolaa qilishga bag‘ishlagan erkaklar amalda maxsus harbiy xizmatga bormaslik huquqiga ega bo‘lgan.

 

Jamoat yahudiylari hozirgi paytda Isroil yahudiy aholisi tarkibining taxminan 14 foizini tashkil qiladi — ya’ni 1,3 million odam. Ulardan taxminan 66 ming nafari harbiy xizmat yoshida bo‘lishiga qaramay, bu imtiyozdan foydalanmoqda.

 

Ammo amaldagi Netanyahu hukumati G‘azo, Eron va Livanga olib borilgan harbiy to‘qnashuvlar kuchaygani fonida, mamlakatda barcha fuqarolar belgilangan tartibda harbiy xizmatga borish talabini kuchaytirdi.

 

O‘tgan yili Isroil Oliy sudi yakdil qaror qabul qilib, yeshiva talabalari uchun maxsus istisno belgilovchi qonun yo‘qligi sababli, majburiy harbiy xizmat barcha erkaklarga teng tatbiq etilishi lozimligini belgiladi.

 

Sud qarori Netanyahu hukumati uchun katta bosim yaratdi. Iyul oyida ultra-ortodoks siyosiy partiyasi — United Torah Judaism (UTJ) — koalitsiyani tark etishini e’lon qildi.

 

Parlament hozirga qadar yangi harbiy chaqiruv to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishga urinmoqda, biroq u na ultra-ortodoks jamoa, na armiyaning ehtiyojlarini qondira olayapti.

 

Isroilda 2026 yil oktabr oyida prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda mamlakatda 11 ta yangi siyosiy partiya ro‘yxatdan o‘tgan. Muxolifat partiya vakillari Netanyahuni hokimiyatdan chetlatish strategiyalarini izlamoqda.

 

Ijtimoiy bo‘linish chuqurlashmoqda

 

Isroilda harbiy xizmat masalasi nafaqat siyosiy, balki axloqiy va ijtimoiy inqirozning markazida turibdi. Dindor jamoalar uchun yeshivalar — yahudiylikni saqlab qolishning asosiy tayanchi bo‘lib, ularni yopish yoki talabalarni armiyaga chaqirish diniy hayotga tahdid sifatida ko‘riladi. Dunyoviy fuqarolar esa, aksincha, bu imtiyozni adolatsizlik deb hisoblaydi.

 

Bu tafovut Isroil jamiyatidagi eng chuqur bo‘linishlardan biriga aylanishi bilan birga, siyosiy barqarorlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kuzatuvchilar fikricha, hukumat bu masalada murosa topa olmasa, mamlakatda navbatdagi siyosiy inqiroz yuzaga kelishi ehtimoli juda yuqori.

 

Quddusdagi “Million kishi namoyishi” Isroil jamiyatidagi eng chuqur ideologik bo‘linishni yana bir bor namoyon qildi. Diniy e’tiqod va davlat xavfsizligi o‘rtasida muvozanat topilmaguncha, bu mojaro faqat siyosiy emas, balki madaniy va ma’naviy kurash sifatida davom etadi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Quddusda minglab ultra-ortodoks yahudiylari harbiy xizmatga bormaslik uchun namoyishga chiqdi | Zamon.uz