Samarqand yoshlar ovozini dunyoga yetkazgan minbar bo‘ldi
Yoshlar Forumi yoshlarning global miqyosda eshitilishiga va ularning tashabbuslarini jahon hamjamiyati oldiga chiqarish imkoniyatini berdi.

27-28-oktabr kunlari qadimiy Samarqand shahrida o'tkazilgan 14-UNESCO Yoshlar forumida 140 dan ortiq mamalakatdan yosh yetakchilar, ekspertlar va rasmiy delegatlari bugun insoniyatni tashvishga solayotgan ekologik muammolarga yechim topish uchun birlashdi.
Forum yoshlar ovozini global miqyosda etiborli qilish va ularning tashabbuslarini dunyo hamjamiyati oldiga chiqarish imkonini berdi.
Dunyoning turli burchaklaridan kelgan yoshlar forumda iqlim o'zgarishiga qarshi qanday amaliy takliflarni ilgari surdi va ularning g'oyalari kelajakka qanday ta'sir qiladi? Sevinch Anvarova yetakchi yoshlarga mikrafon tutdi
Hope BANDA UNESCOning Malavi Milliy Komissiyasi vakili:
Biz bu yerda qaror qabul qiluvchi shaxslar va siyosat yurituvchilar amalga oshiradigan tavsiyalar ustida ishlayapmiz.Juda ko'p tavsiyalar ishlab chiqildi, taxminan olti asosiy yo'nalish mavjud. Ular orasida iqlim ta'limini o'quv dasturlariga kiritish, shuningdek, iqlim siyosatining moliyaviy jihatlariga e'tibor qaratish ham bor. Afrikada bu sohada ko'plab loyihalar amalga oshirilmogda, ammo moliyalashtirish masalasi ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli,biz qaror qabul qiluvchi shaxslar qanday yo'l bilan bizga maksimal darajada yordam bera olishlari haqida tavsiyalar ishlab chiqishimiz kerak. Bu yordam orqali biz iqlimga oid amaliy harakatlar, iqlim adolati va iqlimga moslashish tamoyillarini samarali amalga oshirishimiz mumkin bo'ladi.
Boshqa tavsiyalarimiz qatorida siyosatda madaniy inklyuziyani ta'minlash,shuningdek, hukumat qarorlaridan tortib boshqa barcha jarayonlarda ham yoshlarning ovo'zini inobatga olish masalalari ham mavjud. Ana shunday yo'nalishlar biz ishlab chiqayotgan asosiy tavsiyalardir.
Gulnaz Abutova, O'zbekiston:
Menga O'zbekiston nomidan UNESCOning xalqaro yoshlar konferensiyasida ishtirok etish sharafi nasib etdi va u yerda o'z loyiham bilan chiqish qildim.O'zim Qoraqalpog'istondanman. Bilasiz, bizning mintaqamiz ekologik muammo — cho'llanish va Orol dengizning qurib borishidan eng ko'p azob chekkan hududdir.
O'tgan yili,aprel oyida men "Toza suv" nomli loyihaga asos soldim. Ushbu loyiha Qoraqalpog'istonning Orolbo'yi mintaqasini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashga qaratilgan. Biz suv tozalash stansiyalarini qurishni boshladik. Har bir stansiya taxminan 10 ming dollarga tushadi. Biz mablag'larni korxonalar va oddiy aholidan yig'ishni boshladik.
Bugungi kunda,bir yarim yil ichida biz 10 ta stansiya qurdik va ular Qoraqalpog'istonning 9 mingdan ortiq aholisini toza suv bilan ta'minlamoqda.
O'zbekiston uchun esa bu konferensiyani birinchi marta Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida mezbon sifatida o'tkazish katta sharaf bo'ldi.Eng muhimi, bu bizga o'zimizni dunyoga tanitish imkoniyatini berdi, chunki ko'plab ishtirokchilar, ajablanarlisi shundaki, O'zbekiston, Qoraqalpog'iston va Orol dengizning global ekologik muammosi haqida avval eshitmagan edi.
Daba Salim ishtirokchi, Marokash:
O'zim haqimda aytaylik:men "Discover Our Backcycles" nomli startapning muallifiman. Biz chiqindilarni qayta ishlash bilan shug'ullanamiz va korxonalarning ijtimoiy mas'uliyat (RSE) bo'yicha brendlar uchun mahsulotlar ishlab chiqamiz.
Mening istagim,bugun olgan barcha ma'lumotlarimizni haqiqatdan ham barqaror amaliy harakatlarga aylantiraylik. Shu ikki kun davomida olgan bilim va g'oyalarimiz orqali biz davlatlarimizda va hatto global miqyosda katta loyihalarni amalga oshirishimiz mumkin. Chunki oddiygina harakatlarning o'zi ham dunyomiz uchun katta ahamiyatga ega.
Abhishek Kumar ishtirokchi, Hindiston:
Namaste.Men Hindistondan Abhishek Kumarman. Men Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo'yicha jurnalist sifatida ishlayapman — iqlim o'zgarishi va ijtimoiy ta'sir masalalarini inklyuziv, adolatli va barcha uchun ochiq qilish ustida izlanaman.
Inklyuziv iqlim ta'limi loyihasida ham ishlayapman— bu loyiha orqali jamiyatning chekama qatlamlari, himoyasiz guruhlar, masalan haydovchilar, mahalliy (tub) aholilar va nogironligi bo'lgan shaxslar iqlim ta'limiga jalb qilinadi, shunda biz hech kimni ortda qoldirmaymiz. Ko'p hollarda nogironligi bo'lgan bolalar va yoshlar, chekka hududlardan chiqqan bolalar iqlim ta'limidan chetda qolishadi. Shuning uchun biz butun dunyo miqyosida qishloq joylardagi shunday qatlam ayniqsa, yoshlar, nogironligi bo'lgan bolalar, hamda qiz bolalarni iqlim ta'limiga jalb qilishimiz kerak.
Kola Daouda ishtirokchi, Nigeriya:
Men Afrika qit'asining g'arbiy qismida joylashgan Burkina-Faso davlatidanman.Menda bir nechta takliflar ham bor. Biz yoshlar qaror qabul qilish jarayoniga qo'shilishimiz kerak. Siyosiy muloqotlarda ishtirok etishga imkoniyat yaratish lozim. Yoshlaming fikrlari va qarorlarini inobatga olish muhim. Bundan tashqari, iqlim o'zgarishi mavzusida yoshlar uchun yangi ta'lim tizimini yo'lga qo'yish kerak deb hisoblayman. Chunki bu yosh yetakchilarning dunyoqarashini o'zgartirishga yordam beradi. Ya'ni, yoshlarni iqlim o'zgarishi haqida yangicha fikrlashga va bu borada faol bo'lishga o'rgatish juda muhimdir.
Yana alohida urg'u bermoqchiman,bu forum yoshlar uchun juda muhim, chunki iqlim o'zgarishi hodisasi eng avvalo ularni ta'sir ostida qoldiradi. Shu sababli, yoshlarni bir joyga to'plab, ularga o'z fikrini erkin ifoda etish, muammolarga yechim topish va boshqaruv organlariga tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradigan bunday uchrashuvlarni o'tkazish juda zarur.
Forumning birinchi kunida men mamakat tomonidan juda yaxshi tashkil etilganini ko'rdim.Shu bois O'zbekiston rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Hammasi juda yaxshi yo'lga qo'yilgan, tashkilotchilik darajasi yuqori. Men buning uchun juda minnatdorman — ham O'zbekistonga, ham UNESCOga rahmat.








