Jahon

Serbiyada terror tahdidi sabab poyezdlar harakati to‘xtatildi

Hozirda yo‘nalishlarda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Serbiyada terror tahdidi sabab poyezdlar harakati to‘xtatildi

Serbiya milliy yo‘lovchi temiryo‘l kompaniyasi mamlakat bo‘ylab barcha poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilganini maʼlum qildi. Qaror kompaniya tomonidan “temiryo‘l yo‘laklari va poyezdlarda portlovchi qurilmalar joylashtirilgan” degan anonim xabar olinganidan so‘ng qabul qilingan.

 

“Yo‘lovchilar va xodimlar xavfsizligi biz uchun eng muhim ustuvorlikdir. Shu sababli, barcha yo‘nalishlardagi poyezdlar harakati xavfsizlik tekshiruvlari yakunlanguncha vaqtincha to‘xtatildi”, deyiladi temiryo‘l kompaniyasi rasmiy saytida.

 

Serbiya Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda butun temiryo‘l tarmog‘ida keng qamrovli tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hozircha portlovchi qurilmalar yoki real xavf aniqlangani haqida maʼlumot berilmagan.

 

Tahdid tufayli nafaqat ichki, balki xalqaro yo‘nalishlar ham to‘xtagan. Shu jumladan, Belgrad–Bar (Chernogoriya) liniyasida poyezd qatnovi bekor qilinib, yo‘lovchilar vaqtincha avtobuslar orqali tashilmoqda.

 

Rasmiylar yo‘lovchilarga rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlari orqali so‘nggi yangiliklarni kuzatib borishni tavsiya qilmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Serbiyada terror tahdidi sabab poyezdlar harakati to‘xtatildi | Zamon.uz