Toshkentda isitish mavsumi qachon boshlanishi aytildi
Bu bo‘yicha shahar hokimining qarori qabul qilindi.

Meteorologiya xizmati maʼlumotlariga muvofiq Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik taʼminoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, turar joy obyektlarida 5-noyabrdan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi
“Sizning turar-joyingizda yoki rahbarlik qilayotgan muassasangizda issiqlik taʼminoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklarni aniqlasangiz yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSH va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni to‘laqonli amalga oshirilmayotganligining guvohi bo‘lsangiz 1055 yoki 71 210-01-87 raqamlariga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Bu bilan siz shahardagi issiqlik taʼminoti yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga tizimdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish masalasida sezilarli yordam bergan bo‘lasiz”, deyiladi xabarda.







