Jahon

Venesuela prezidenti Rossiyadan zudlik bilan harbiy yordam so‘radi

Maduro Rossiyadan jangovar raketalar, radarlar, dvigatellar, samolyotlarni ta’mirlash, shuningdek “Rostec” orqali moliyalashtirishni so‘radi.

Venesuela prezidenti Rossiyadan zudlik bilan harbiy yordam so‘radi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Karib mintaqasida AQSh harbiy kuchlari faollashib borayotgani fonida Rossiyadan harbiy yordam so‘radi. Bu haqda The Washington Post xabariga asoslanib bir qancha OAVlar ma’lum qildi.

 

Xabarga ko‘ra, Maduro Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mazkur masalada rasmiy murojaat yo‘llagan. Shuningdek, u Xitoy va Eronga ham harbiy yordam yuzasidan shunga o‘xshash iltimos bilan murojaat qilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Venesuela transport vaziri Ramon Selestino Velaskes joriy yil oktabr oyi o‘rtalarida Moskvada bo‘lib, rossiyalik hamkasbi bilan uchrashgan hamda Maduroning maktubini Rossiya rahbariyatiga yetkazgan. Maktubda Venesuelaning havo hujumidan mudofaa salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surilgan.

 

Jumladan, Maduro quyidagilarni so‘ragan:

 

avval Rossiyadan xarid qilingan bir nechta Su-30MK2 samolyotlarini ta’mirlashda yordam berish;

 

8 ta dvigatel va 5 ta radarni ta’mirlash;

 

mamlakatga Rossiya jangovar raketalarini yetkazib berish;

 

moddiy-texnik ko‘mak ko‘rsatish.

 

Shuningdek, maktubda “Rostec” orqali uch yillik moliyalashtirish mexanizmini joriy etish taklifi ham ilgari surilgani aytiladi. Moliyalashtirish miqdori oshkor qilinmagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Venesuela prezidenti Rossiyadan zudlik bilan harbiy yordam so‘radi | Zamon.uz