O'zbekiston

Zoyir Mirzayev Ohangaron hokimini tanqid qilib, ishdan bo‘shatdi

U ishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etilgan.

Zoyir Mirzayev Ohangaron hokimini tanqid qilib, ishdan bo‘shatdi

Ohangaron shahrida Xalq deputatlari  shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev o‘tgan qariyb ikki yil mabaynida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi maqsad va vazifalarning ijrosi yuzasidan tanqidiy-tahliliy maʼruza qildi.

 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich ishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.

 

Zoyir Mirzayev Ohangaron shahar hokimi lavozimiga Ohangaron tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Sadriddin Shoqosimov nomzodini tavsiya qildi.

 

Nomzod shaharning  yaqin istiqboli yuzasidan taqdimot qildi. Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi S. Shoqosimovni shahar hokimi etib tasdiqladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Zoyir Mirzayev Ohangaron hokimini tanqid qilib, ishdan bo‘shatdi | Zamon.uz