Jahon

2 yillik urushdan so‘ng G‘azoda maktablar qayta ochilmoqda

Birinchi bosqichda o‘n minglab o‘quvchilar darslarga qaytdi.

2 yillik urushdan so‘ng G‘azoda maktablar qayta ochilmoqda

Ikki yil davom etgan harbiy harakatlar va doimiy bombardimonlardan so‘ng G‘azo sektorida taʼlim jarayoni bosqichma-bosqich tiklanmoqda. BMTning Falastin qochqinlari bilan ishlovchi agentligining maʼlum qilishicha, ayrim maktablar qayta faoliyat boshlagan.

 

Oldingi urushlar davomida maktab binolarining katta qismi vayron bo‘lgan. UNRWA hisob-kitoblariga ko‘ra, sektordagi 564 ta maktabdan qariyb 518 tasi taʼmirtalab holatda. Shu bois ko‘plab darslar hozircha favqulodda sharoitlarda — boshpanalarda, ochiq maydonlarda yoki vaqtinchalik sinfxonalarda o‘tkazilmoqda.

 

Birinchi bosqichda o‘n minglab o‘quvchilar darslarga qaytdi. Bolalar uchun maktabga borish nafaqat taʼlim, balki urushdan keyingi ruhiy tiklanish va oddiy hayotga qaytish hissini berayotgani taʼkidlanmoqda. Biroq suv, elektr, jihozlar va darsliklar yetishmovchiligi, shuningdek xavfsizlik muammolari hali ham jiddiy to‘siq bo‘lib turibdi.

 

Mutaxassislar taʼlim tizimiga yetgan zararni “yo‘qolib ketayotgan avlod xavfi” bilan baholamoqda. O‘qituvchilar, infratuzilma va moliyaviy resurslar yetishmasligi sabab taʼlim jarayoni to‘liq va barqaror tiklanishi uchun hali vaqt talab etiladi.

 

Xalqaro tashkilotlar maktablarni qayta tiklash, o‘qituvchilarni tayyorlash va bolalarga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. Tahlilchilarning fikricha, uzoq muddatli barqarorlik uchun xavfsizlik kafolatlari va doimiy insonparvarlik yordami zarur.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

2 yillik urushdan so‘ng G‘azoda maktablar qayta ochilmoqda | Zamon.uz