O'zbekiston

Har bir bola shaxmat o‘rganishi uchun: “Uzchess” qanday ishlaydi?

O‘zbekiston bugun shaxmatda o‘z maktabini yaratmoqda — “Uzchess” esa bu jarayonning yuragi bo‘lib bormoqda.

Har bir bola shaxmat o‘rganishi uchun: “Uzchess” qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda shaxmatga bo‘lgan qiziqish keskin oshdi. Bunga, albatta, 2022-yilda Hindistonning Chennai shahrida o‘tgan 44-Shaxmat olimpiadasida yosh o‘zbekistonliklar — Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Shamsiddin va Jahongir Vohidovlarning sensatsion g‘alabasi sabab bo‘ldi. Ammo bu muvaffaqiyat shunchaki eyforiya emas, balki yangi harakatni boshlab berdi: shaxmatni ommalashtirish, uni har bir bola uchun ochiq va qulay qilish tashabbusi.

 

Bir g‘alabadan — yangi loyiha sari

 

Mazkur g'albadan so'ng, Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev shaxmatni butun mamlakat miqyosida o‘rganish imkonini beruvchi platforma yaratish g‘oyasini ilgari surdi. Loyiha rahbari etib media sohasida faol ishlagan Ulug‘bek Ismatov tayinlandi. Natijada “Uzchess” nomli yangi ta’lim ekotizimi paydo bo‘ldi — maqsadi shaxmatni faqat musobaqa emas, balki o‘quv va madaniy qadriyat sifatida jamiyatga olib kirish edi.

 

O‘zbek tilida, o‘zbeklar uchun

 

“Uzchess”ning eng katta farqi — kontentning to‘liq o‘zbek tilida bo‘lishi. Ilovadagi barcha darslar, intervyular, mashg‘ulotlar va o‘yinlar mahalliy auditoriyaning ehtiyojiga mos shaklda tayyorlandi.

 

Bir yil ichida ilovadan yarim milliondan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Bu O‘zbekistonda intellektual ta’limga bo‘lgan talab qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatadi.

 

Shaxmat va media: yangi maydon

 

Shaxmatni faqat sport emas, balki ommaviy madaniyatga aylantirish maqsadida “Uzchess Media Ligasi” tashkil etildi. Bu loyihada blogerlar, inflyuenserlar va kontent yaratuvchilar o‘zaro bellashadi, o‘yinlar esa jonli efirda yoritiladi.

 

Har bir mavsum millionlab tomoshabinlarni jalb qilib, shaxmatni yoshlar orasida zamonaviy, qiziqarli va raqobatli formatda targ‘ib qiladi.

 

Xalqaro maydonda O‘zbekiston shaxmati

 

So‘nggi yillarda o‘tkazilgan yirik turnirlar ham bu jarayonning davomi bo‘ldi. 2025-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Uzchess Cup musobaqasida Praggnandha, Arjun, Nepomnyashchiy, Abdusattorov va Sindarov kabi dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etdi.

 

Bundan avval, 2023-yilda Samarqandda o‘tgan FIDE Rapid & Blitz turniri “Uzchess” tomonidan o‘zbek tilida jonli yoritilib, xalqaro musobaqalarni ona tilida tomosha qilish imkoniyatini yaratgan edi.

 

Maqsad — shaxmatni xalq hayotining bir qismiga aylantirish

 

“Uzchess” shunchaki mobil loyiha emas. Bu — har bir bolaga shaxmatni o‘rganish imkonini beruvchi milliy ta’lim loyihasi. Mahalliy murabbiylar, bepul darslar, tushunarli format va real imkoniyatlar tizimi orqali loyiha shaxmatni har bir uy, har bir maktab va har bir mahallaga olib kirishni maqsad qiladi.

 

O‘zbekiston bugun shaxmatda o‘z maktabini yaratmoqda — “Uzchess” esa bu jarayonning yuragi bo‘lib bormoqda.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Har bir bola shaxmat o‘rganishi uchun: “Uzchess” qanday ishlaydi? | Zamon.uz