Ispaniyada cho‘chqa organizmiga inson buyragi hujayralari ko‘chirildi
Tajriba muvaffaqiyatli yakunlanib, implantlar hayvon tanasiga moslashgan.

Ispaniyada olimlar cho‘chqa tanasiga inson buyragi hujayralaridan yaratilgan organoidlarni ko‘chirib o‘tkazdi. Transplantatsiya muvaffaqiyatli kechdi va implantatsiya qilingan organoidlar hayvon organizmiga moslashdi.
Qayd etilishicha, Kataloniya Bioinjeneriya instituti mutaxassislari inson organlarining miniatyuradagi prototiplari — organoidlarni yaratishning yangi usulini ishlab chiqqan. Mazkur innovatsion yondashuv biomateriallarning funksional xususiyatlarini saqlagan holda ularni buyrak to‘qimalariga implantatsiya qilish imkonini beradi.
Tadqiqot jarayonida olimlar cho‘chqa organizmida inson buyragi analoglarini joylashtirish uchun zarur biologik muhit yaratishga erishdi. Natijada organoidlar tanaga moslashdi, rad etish reaksiyalari kuzatilmadi va hayvon ichki organlarining faoliyati avvalgidek davom etdi.
Mutaxassislar ushbu yutuq kelajakda transplantologiya va regenerativ tibbiyot sohasida yangi imkoniyatlar yaratishi mumkinligini taʼkidlashmoqda.







