O'zbekiston

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” davlat dasturi doirasida Creative Tech loyihasi ishga tushirildi

2500 dan ortiq arizadan saralangan 800 nafar yoshlar 6 oy davomida 3D, Animatsiya, VFX, GameDev, Unreal Engine, Digital Art va boshqa kreativ yo‘nalishlarda bepul ta’lim oladi.

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” davlat dasturi doirasida Creative Tech loyihasi ishga tushirildi

 

O‘zbekistonda zamonaviy kreativ industriya yo‘nalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan Creative Tech o‘quv loyihasi start oldi. Loyiha “Mirzo Ulug‘bek vorislari” davlat grant dasturi doirasida tashkillashtirilib, yoshlarni raqamli iqtisodiyot va global kreativ bozor talablariga mos kadr sifatida tayyorlashni maqsad qilgan.

 

Loyihaga respublikaning turli hududlaridan 2500 dan ortiq arizalar kelib tushdi. Saralash bosqichlari yakuniga ko‘ra, 800 nafar iste’dodli yoshlar 6 oylik bepul ta’lim kursiga qabul qilindi. Ta’lim quyidagi 8 yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:

  • 3D Modellashtirish
  • Animatsiya
  • VFX Compositing
  • FX Simulation
  • Game Design va Game Development
  • Unreal Engine
  • Cinema 4D
  • Digital Art

 

Mashg‘ulotlar o‘z sohasida katta tajribaga ega, xalqaro kinostudiyalar, o‘yin kompaniyalari va animatsiya markazlarida faoliyat yuritgan mentorlar tomonidan olib borilmoqda.

 

Creative Tech loyihasining asosiy maqsadi - O‘zbekiston yoshlarini global kreativ va raqamli bozor uchun raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlash, yangi kasblar orqali yoshlarning bandligini ta’minlash va yuqori daromadli faoliyatga yo‘naltirish, mahalliy animatsiya, kino va game-industriyaning rivojlanishiga hissa qo‘shish, yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy studiya va jamoalar shakllanishiga ko‘maklashish hisoblanadi.

 

Mazkur yo‘nalishlar bugungi kunda dunyo bo‘yicha eng talab yuqori sohalar sirasiga kiradi. 3D artistlar, animatorlar, o‘yin dizaynerlari, VFX mutaxassislari hamda Unreal Engine dasturchilarining xalqaro mehnat bozoridagi o‘rtacha daromadi $2 000 – $5 000 atrofida bo‘lib, onlayn freelancing hamda xalqaro kompaniyalarda masofadan ishlash imkoniyatlari kengaymoqda.

 

Kutilayotgan natijalar:

Loyiha yakuniga ko‘ra, ishtirokchilar:

  • real loyihalarda ishtirok etgan amaliy portfelga ega bo‘ladi;
  • mahalliy va xalqaro studiyalarda ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
  • eng faol yoshlar o‘z startaplarini yo‘lga qo‘yish, media kontent studiyalari yoki game/animatsiya jamoalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Creative Tech — bu shunchaki o‘quv kursi emas, balki yoshlarni xalqaro kreativ industriyaga integratsiya qilish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, raqamli iqtisodiyot uchun yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat qiluvchi strategik platformadir.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” davlat dasturi doirasida Creative Tech loyihasi ishga tushirildi | Zamon.uz