Jahon

Moskvada 12 mingdan ortiq immigratsiya qoidabuzarligi aniqlandi

2700 nafar xorijlikka nisbatan Rossiyadan ma’muriy chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Moskvada 12 mingdan ortiq immigratsiya qoidabuzarligi aniqlandi

Rossiya poytaxtida “Nolegal-2025” tezkor-profilaktika tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida migratsiya tartib-qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha keng qamrovli tekshiruvlar o‘tkazildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi Moskva shahar bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Vladimir Vasenin ma’lum qildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, reydlar davomida immigratsiya qonunchiligining 12 mingdan ortiq buzilishi aniqlangan. Shundan 8,3 mingdan ortiq xorijlik kirish-chiqish tartibini buzganlik uchun, 1000 nafardan ziyodi esa mehnat faoliyati qoidalariga amal qilmagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

Shuningdek, xorijliklarni noqonuniy ravishda ishga qabul qilish bilan bog‘liq 1400 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlanib, ish beruvchilarga nisbatan choralar ko‘rildi.

 

Tadbirlar jarayonida jamoat joylari, oziq-ovqat muassasalari, yotoqxonalar hamda qurilish obyektlarida keng ko‘lamli tekshiruvlar amalga oshirildi. Natijada federal darajada qidiruvda bo‘lgan yoki turli huquqiy choralar ko‘rilishi lozim bo‘lgan 155 nafar shaxs aniqlangan.

 

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, 2700 nafar xorijlikka nisbatan Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan, shundan 1300 nafardan ortig‘i vaqtincha saqlash izolyatorlariga joylashtirilgan, 803 nafar chet el fuqarosi davlat chegarasidan majburan olib chiqilgan, 43 nafari deportatsiya qilingan va qo‘shimcha ravishda 6000 nafar xorijlikning Rossiyaga kirishi taqiqlangan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Moskvada 12 mingdan ortiq immigratsiya qoidabuzarligi aniqlandi | Zamon.uz