O'zbekiston

Moskvada migrantlar o‘rtasida ommaviy janjal chiqdi

Politsiya hodisa ishtirokchilarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv boshlagan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvda besh kishi qatnashgan.

Moskvada migrantlar o‘rtasida ommaviy janjal chiqdi

2-noyabr kuni Rossiya poytaxti Moskvaning “Filatov lug” turar joy majmuasida migrantlar o‘rtasida navbatdagi ommaviy janjal yuz berdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib borib, holatni o‘rganish hamda ishtirokchilarni aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlagan.

 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, janjal davomida migrantlar bir-biriga pichoq va hatto bolta uloqtirgan. Hodisani telefoniga yozib olayotgan erkaklardan birining bo‘yniga pichoq tiralgan va undan videoga olishni to‘xtatish talab qilingan, biroq u voqea joyidan sog‘-omon chiqib ketgan.

 

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa ishtirokchilari ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan va ularning harakatlariga qonuniy baho beriladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvda taxminan besh kishi ishtirok etgan, ammo hozircha jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 25-oktabr kuni Moskvaning “Prokshino” turar joy majmuasida ham shunga o‘xshash ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda politsiya 80 dan ortiq kishini ushlab, 65 nafariga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Moskvada migrantlar o‘rtasida ommaviy janjal chiqdi | Zamon.uz