Ohangaronda bog’cha mudirasi MMTB boshlig‘iga nega tashlandi?
Tarmoqlarda tarqalgan janjal tafsilotlari ma’lum bo’ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT) direktori va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur voqea bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, bo‘lim boshlig‘i S.M. va DMTT direktori X.A. o‘rtasidagi mojaro joriy yilning iyul oyida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, X.A. ish faoliyati davomida bir qator qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan, unga ogohlantirish berilganda esa u kamchiliklarni tan olmasdan, janjalga sabab bo‘lgan. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, bog‘cha direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatni to‘liq o‘rganish uchun ishchi guruh tuzilganini va qonun doirasida choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.







