O'zbekiston

O‘zbekistonda 9 oyda YTH sabab 1300 dan ortiq odam halok bo‘ldi

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan yo‘l-transport hodisalari soni 3,8 foizga kamaydi.

O‘zbekistonda 9 oyda YTH sabab 1300 dan ortiq odam halok bo‘ldi

 

2025-yilning yanvar–sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra, respublika hududlarida 5 895 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 foizga kamdir. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov ma’lum qildi.

 

Rasmiy statistika shuni ko‘rsatadiki, YTH oqibatida jarohat olganlar soni 4 759 nafardan 4 592 nafarga (3,5 foizga) kamaygan. Halok bo‘lganlar soni ham 1 368 nafardan 1 303 nafarga pasayib, 4,8 foizlik qisqarish qayd etilgan.

 

Piyodalar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari ham kamayish tendensiyasini ko‘rsatmoqda — hisobot davrida ular 2 855 tadan 2 689 taga tushgan (5,8 foizga).

 

Mazkur ko‘rsatkichlar YTHlar dinamikasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini bildiradi. Shu bilan birga, Senat qo‘mitasi aholining yo‘l harakati qoidalariga rioya etishini kuchaytirish, profilaktika va xavfsizlik choralarini yanada samarali davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekistonda 9 oyda YTH sabab 1300 dan ortiq odam halok bo‘ldi | Zamon.uz