Jahon

Rossiyada mehnat migrantlari uchun patent narxi oshiriladi

2026-yildan patent narxi 8 900 rubl dan 10 000 rublgacha oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Rossiyada mehnat migrantlari uchun patent narxi oshiriladi

Moskva shahrida mehnat migrantlari uchun patent (ishlash ruxsatnomasi) qiymatini oshirish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda “TASS”.

 

Ma’lumotga ko‘ra, 2026-yildan boshlab patent narxi amaldagi 8 900 rubldan 10 000 rublgacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda Moskva shahar Dumasining Iqtisodiy siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qo‘mitasi yig‘ilishida shahar Iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari, Soliq tahlili boshqarmasi boshlig‘i Daria Murchenko ma’lum qilgan.

 

Taqdim etilgan taklifga ko‘ra, mintaqaviy koeffitsient 2,9323 miqdorida belgilanishi rejalashtirilgan. Ushbu o‘zgarish to‘lov stavkasining oshirilishiga asos yaratadi.

 

Murchenkoning qayd etishicha, patent narxining ko‘tarilishi mehnat migrantlarining soliq yukini Rossiya fuqarolariniki bilan muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

 

Patent narxi uchta tarkibiy qismdan shakllanadi:

 

  • Soliq kodeksida belgilangan bazaviy qiymat;
  • Iqtisodiy rivojlanish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan federal deflyator koeffitsienti;
  • Mintaqaviy koeffitsient.
Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada mehnat migrantlari uchun patent narxi oshiriladi | Zamon.uz