Toshkent havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa chiqdi
Havodagi zararli moddalar me’yordan 19 baravar oshgan.

2025-yil 3-noyabr kuni ertalab Toshkent shahri atmosferadagi ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyodagi eng iflos havoga ega shaharlar orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda xalqaro IQAir monitoring platformasi ma’lumotlariga asoslanib xabar berildi. Ma’lumki, ushbu haftadan boshlab poytaxtda isitish mavsumi rasman boshlangan.
Hisobotga ko‘ra, Toshkentda havo tarkibidagi zararli moddalar miqdori belgilangan me’yorlardan 19 baravar yuqori ekani qayd etilgan. Mutaxassislar fuqarolarga tibbiy niqoblardan foydalanish, ochiq havoda bo‘lish vaqtini iloji boricha cheklash, imkoniyat bo‘lsa, yopiq joylarda qolishni tavsiya qilmoqda.
Reytingda birinchi o‘rin Pokistonning Lahor shahriga, ikkinchi o‘rin Hindiston poytaxti Dehliga tegishli bo‘ldi.







