Toshkentda Gentra YPX xodimini sudrab ketdi
Haydovchi protsessual tartibda ushlangan.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l patrul xizmati (YPX) inspektorini mashina kapotida sudrab ketdi. Hodisa Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 219-moddasi — hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish — bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ichki ishlar organlari ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







