Tramp: Bizda dunyoni 150 marta yo‘q qilishga yetarli yadro quroli bor
AQSH rahbari yadroviy qurollarni sinovdan o‘tkazish zarurligini tushuntirdi.

Amerika qo‘lida dunyoni 150 marta yo‘q qilishga yetarli yadro qurollari bor. Bu haqida AQSH prezidenti Donald Tramp CBS News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH yadro arsenalining quvvati hanuz global xavfsizlikda hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.
Trampning aytishicha, Rossiya va Xitoy so‘nggi yillarda yadro texnologiyalarini modernizatsiya qilishni faollashtirgan va ayrim yopiq sinovlarni amalga oshirayotgan bo‘lishi mumkin. Prezident bu sharoitda AQSH o‘z mudofaa ustunligini yo‘qotmasligi kerakligini taʼkidladi.
Xavfsizlik bo‘yicha sharhlovchilar Trampning gaplarini “siyosiy bosim vositasi” sifatida baholamoqda. Ularning fikricha, AQSHning yadro arsenali haqiqatan ham juda katta, ammo uni amalda qo‘llash insoniyat sivilizatsiyasi uchun qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi aniq.







