Xorazmda MIB orqali 3 fuqaroga moddiy va maʼnaviy zarar undirildi
Ayni paytda bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining qarorlariga asosan qarzdor Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasidan 3 nafar fuqaro foydasiga moddiy va maʼnaviy zarar undirish belgilangan.
Sud qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Byuroning Yangiariq tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasidan jami 123,7 mln. so‘m moddiy va maʼnaviy zarar undirilgan va undiruvchi fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berilishi taʼminlanib, ijro ishlari amalda tamomlandi.
Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasidan undiruvchi O.Rajabov foydasiga jami 43 mln. so‘m moddiy va maʼnaviy zarar undirish belgilangan bo‘lib, davlat ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida sud hujjatida ko‘rsatilgan moddiy va maʼnaviy zarar summasi to‘liq undirilib, undiruvchi fuqaroning bank plastik kartasiga o‘tkazib berilgan.
Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.







