O'zbekiston

Yana attestatsiya muammosi boshlandi. Vazirlik va ekspertlar nima demoqda?

Oktyabr oxiri oyida o‘qituvchilar uchun malakaviy test sinovlari o‘tkazilgandi. Natijalaridan norozi pedagoglar Telegramda alohida guruh tashkil qilishgan. Maʼlum bo‘lishicha, guruhda 16 ming nafar ingliz tili fani o‘qituvchilar jamlangan.

Yana attestatsiya muammosi boshlandi. Vazirlik va ekspertlar nima demoqda?

Joriy yilning 21 oktyabrdan boshlab maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari ishtirokida malaka toifa sinovlari boshlangan.

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ko‘ra, sinov jarayonlarida turli fanlardan jami 180 mingga yaqin pedagoglar ishtirok etishi taxmin qilingan edi.

 

“Xalq taʼlim info”ning yozishicha, mazkur attestatsiya jarayoni orqali pedagoglar malak toifasini oshirishi, 70 foizlik ustamaga ega bo‘lishi, vazir ustamasi uchun daʼvogarlik qilishi hamda ʼʼYil o‘qituvchisi tanlovi uchun o‘z nomzodini ilgari surishi mumkin bo‘ladi.

 

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilarning attestatsiyadan norozi ekanligini yozilayotgan postlar, xabarlar va fikrlar ko‘paymoqda.

 

Joriy yilning 24 va 30-31 oktyabr kunlari ingliz tili o‘qituvchilari uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tgan edi. Ammo imtihonda qatnashgan pedagoglarning katta qismi attestatsiya natijalaridan norozi ekanligini tarmoqlarda keng bildirmoqda.

 

Nafisa Ortiqova, Hasanboy Rasulov, Maftuna Karimova va Jahongir Tesol ismli Facebook foydalanuvchilari 24,30-31 oktyabr kunlari o‘tkazilgan attestatsiya natijalaridan norozi o‘qituvchilar imtihon tugaganidan 3 kun o‘tmay 15 mingga yaqin ingliz tili ustozlari Telegram kanalida birlashgani haqida maʼlum qildi.

 

Ularning fikricha, imtihondagi maktab o‘qituvchisidan talab qilinayotgan bilimlar kundalik hayotda va bolani o‘qitish kerak bo‘lmaydi. Shuningdek, testlarda jiddiy kamchiliklar bor va ular validlik talablariga javob bermaydi.

 

“Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 70 foizlik ustamaga hech kimni o‘tkazmaslik, toifadan kamroq o‘qituvchilar o‘tishini taʼminlash bo‘lishi mumkin deyiladi guruhdagi bildirilgan fikrlarda”, - deya yoziladi Facebook tarmog‘idagi sahifalarida.

 

Postda yozilishicha, 15 mingga yaqin o‘qituvchilar yig‘ilgan guruhda ularning imtihondan o‘tganligi yoki o‘tmaganligi haqida so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 92 foizdan ortiq o‘qituvchilar imtihondan yetarli ball to‘play olmagan.

 

“Vazirlik bu bo‘yicha shu paytga qadar hech qanday bayonot bermadi.

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan ushbu muammoga eʼtibor qaratishlari va o‘qituvchilarga attestatsiya imtihonlarini belgilangan tartibda adolat va shaffoflikni taʼminlagan holda qayta o‘tkazib berishlarini so‘rab qolamiz”, — deya yoziladi postda.

 

“Xalq taʼlim info” internet nashri asoschisi, jurnalist Ulug‘bek Po‘latov agar taʼlim siyosatini belgilovchi shaxs bo‘lib qolganida birinchi navbatda vaqtinchalik attestatsiyani to‘xtatgan bo‘lishini aytdi.

 

“Attestatsiya testlarini to‘g‘ri tuzilishini taʼminlab, vazirlik talablariga javob beradigan testlarni joriy qilganidan keyingina yana attestatsiyani davom ettirgan bo‘lar edim”, - degan u.

 

Jurnalistning aytishicha, hozirgi attestatsiya jarayonlari o‘qituvchilarni ruhiy jihatdan sindirib qo‘yyapti.

 

Bugun, 3 noyabr kuni vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga munosabat berdi.

 

Munosabatga ko‘ra, attestatsiyadan norozi bo‘lgan pedagoglar test jarayonining o‘zidan platforma orqali tegishli topshiriq bo‘yicha eʼtirozlarini yozib qoldirishlari mumkin.

 

Shuningdek, test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifalari orqali yoki yozma shaklda apellyatsiya murojaat yuborish huquqiga ega.

 

“Afsuski, jarayondan o‘z foydasi yo‘lida foydalanishga urinish holatlari ham uchrab turibdi. Yetarli ball to‘play olmagan pedagoglardan turli chora-tadbirlar uchun (advokat xizmati 100 mln so‘m) mablag‘ yig‘ishga daʼvatlar, attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish bilan bog‘liq turli asossiz takliflar hamda ayrim test savollarini noto‘g‘ri shaklda, mazmunini o‘zgartirib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish holatlari sodir bo‘lmoqda. Bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda”, - deyiladi munosabatda.

 

Taʼlim bo‘yicha ekspert Komil Jalilov o‘zining Telegram kanalida vazirlik munosabtini “muammoni hal qilmaydigan munosabat”, deb atadi.

 

Jalilovga ko‘ra, vazirlik munosabatida odatdagidek, biron-bir muammo tan olinmagan. lekin OAV savollariga ochiq javob berishga tayyorlik maʼlum qilingan va yaqin orada matbuot anjumani tashkil etilishi aytilgan. Shu bilan birga, odatiy tusda "tegishli tashkilotlar" bilan po‘pisa ham qilib qo‘yilgan.

 

“O‘zi bu yilgi attestatsiya mojarolarga boy bo‘ldi. Bahorgi attestatsiya ortidan bir qancha fanlar o‘qituvchilari - ayrimlari individual tarzda va ayrimlari guruh bo‘lib - vazirlikni sudga berishdi. Men kuzatgan sud majlislarda sudyalar ishni adolatli va har tomonlama ko‘rishdi deya olmayman: ingliz tili o‘qituvchisi vazirlikni sudga bergan holatda o‘qituvchi advokat yollay olmagan, bir o‘ziga vazirlikning bir qancha mutaxassislari va yuristi qarshi chiqdi. Ona tili va adabiyot o‘qituvchilari sudida esa sudya daʼvogarlar tomonidan deyarli barcha iltimosnomalarni, masalan, mutaxassislarning fikrini eshitish iltimosnomalarini rad qildi, vazirlik tarafning deyarli barcha iltimosnomalarini qondirdi”, - deya yozadi Jalilov.

 

Ekspert o‘z kanalida vazirlikka qarat bir nechta savollarni o‘rtaga tashaladi:

 

1.Vazirlik oxirgi attestatsiya yuzasidan o‘qituvchilar natijalari statistikasini eʼlon qila oladimi?

 

2. Agar o‘qituvchi IELTS 8 (C2) darajasi bor pedagog attestatsiyadan o‘ta olmasa, attestatsiya testlari qaysi daraja uchun mo‘ljallangan? Vazirlik milliy va xalqaro sertifikatlari bor pedagoglarning sertifikatdagi natijalari va attestatsiyadagi natijalari o‘rtasidagi korrelyatsiyani o‘rganganmi?

 

3. Umuman, attestatsiya test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tganmi? Agar aprobatsiyadan o‘tgan bo‘lsa, test topshiriqlari bilan bog‘liq muammolar aprobatsiya paytida aniqlanmaganmi?

 

Eslatib o‘tamiz, ona tili va adabiyot hamda tarix o‘qituvchilari vazirlikni sudga bergan bergan. O‘qituvchilar vazirlik bilan sudlashib yurgan vaqtida vazirlik va boshqa tashkilot xodimlari tomonidan o‘qituvchilarga bosim o‘tkazib kelingan. Ikki fan o‘qituvchilari ham vazirlikka sudda yutqazgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yana attestatsiya muammosi boshlandi. Vazirlik va ekspertlar nima demoqda? | Zamon.uz