O'zbekiston

Andijonda bojxona xodimining hujjatini soxtalashtirgan shaxslar ushlandi

Ular soxtalashtirilgan hujjat va ma’lumotnomalar orqali bankdan kredit olishga uringan.

Andijonda bojxona xodimining hujjatini soxtalashtirgan shaxslar ushlandi

Andijonda bankdan kredit olish maqsadida bojxona xodimiga oid soxtalashtirilgan hujjat va ma’lumotnoma tayyorlagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, bojxona qo‘mitasi hamda Andijon viloyati va Toshkent shahar bojxona boshqarmalari tezkor tuzilmalari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, bir guruh shaxslar tomonidan soxtalashtirilgan hujjatlar tayyorlash holatiga chek qo‘yilgan. Tekshiruv davomida yashash xonadonida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi” yozuvi tushirilgan muhr, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar, shuningdek, soxta bojxona xodimi guvohnomasi va boshqa hujjatlar topilgan.

 

Aniqlanishicha, uch kishidan iborat guruh soxta hujjatlar yordamida hududlardagi banklarga kredit olish uchun murojaat qilgan. Ular muhr bosilgan ma’lumotnoma va xizmat guvohnomalari orqali o‘z harakatlarini yashirishga harakat qilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘zini Prezident Administratsiyasi yoki DXX xodimi sifatida tanishtirib, hujjatlarni soxtalashtirgan shaxs qo‘lga olingan edi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda bojxona xodimining hujjatini soxtalashtirgan shaxslar ushlandi | Zamon.uz