Jahon

Antoniu Guterrish: “Jurnalistlar jim bo‘lsa, jamiyat ovozi yo‘qoladi”

YUNESKO hisobotiga ko‘ra, oxirgi ikki yilda 163 nafar jurnalist halok bo‘lgan, biroq qotilliklarning aksariyati ochilmay qolmoqda.

Antoniu Guterrish: “Jurnalistlar jim bo‘lsa, jamiyat ovozi yo‘qoladi”

Jurnalistlarga nisbatan sodir etilgan qotilliklarning aksariyati hanuzgacha ochilmay qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2-noyabr — Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

 

YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil avgustidan 2025-yil may oyigacha bo‘lgan davrda 163 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Ularning 109 nafari qurolli mojaro hududlarida, jumladan, G‘azo, Sudan va Ukrainada halok bo‘lgani qayd etildi. Eng ko‘p qurbonlar quyidagi hududlarda ro‘yxatga olingan:

 

  • Arab davlatlari – 82 nafar
  • Lotin Amerikasi va Karib havzasi – 34 nafar
  • Osiyo va Tinch okeani mintaqasi – 30 nafar
  • Yevropa va Shimoliy Amerika – 12 nafar

 

BMT qayd etishicha, qotilliklar soni 2022-yilga nisbatan biroz kamaygan bo‘lsada, jazosizlik darajasi o‘ta yuqoriligicha qolmoqda — jinoyatlarning 85 foizida aybdorlar javobgarlikka tortilmagan.

 

Jazosizlik eng ko‘p Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida kuzatilmoqda. Buning asosiy omillari sifatida sud tizimining zaifligi, korrupsiya va siyosiy irodasizlik tilga olindi.

 

Bosh kotib Guterrish jurnalistlarga qarshi hujumlar demokratiya va so‘z erkinligiga bevosita zarba ekanini ta’kidladi. U G‘azo sektorida jurnalistlarning o‘ldirilishini keskin qoralab, xalqaro OAV vakillarining mojaro hududlariga kirishining cheklanishini “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat” deb baholadi.

 

Shuningdek, 2023-yildan buyon dunyo bo‘ylab 1100 dan ortiq jurnalist hibsga olingan, ularning qariyb yarmi hozir ham qamoqda saqlanmoqda. Eng ko‘p hibsga olish holatlari Belarus, Xitoy, Isroil, Myanma va Rossiyada qayd etilgan.

 

BMT va YUNESKO xalqaro hamjamiyatni jurnalistlarning kasbiy faoliyatini erkin, bosim va tahdidlarsiz amalga oshirishi uchun ularni himoya qilishga chaqirdi.

 

“Jurnalistlar jim bo‘lganda — jamiyat ham o‘z ovozini yo‘qotadi”, — dedi Guterrish.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Antoniu Guterrish: “Jurnalistlar jim bo‘lsa, jamiyat ovozi yo‘qoladi” | Zamon.uz