Dunyodagi eng yirik oltin konlari ro'yxati e'lon qilindi
2024-yilda eng ko‘p oltin qazib olinadigan 10 ta kon orasida O‘zbekistonning ikki yirik koni ham bor.

2024-yilda dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin qazib olinadigan 10 ta kon ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh, O‘zbekiston, Rossiya va Indoneziya kabi mamlakatlar eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar sifatida qayd etilgan.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni AQShdagi Nevada Gold Mines koni egallagan. Ikkinchi o‘rinda esa O‘zbekistonning Muruntau koni joylashgan — bu kon dunyoda eng yirik ochiq oltin konlaridan biri hisoblanadi. Unga qo‘shimcha ravishda, mamlakatimizdagi Olmaliq majmuasi ham oltinchi o‘rinni egallab, O‘zbekistonning oltin qazib olishdagi kuchli salohiyatini yana bir bor namoyish etgan.
Eng ko‘p oltin qazib olinadigan 10 ta kon quyidagicha:
AQSh — Nevada Gold Mines
O‘zbekiston — Muruntau
Indoneziya — Grasberg
Rossiya — Olimpiada
O‘zbekiston — Olmaliq majmuasi
Qozog‘iston — KazZinc
Indoneziya — Batu Hijau
Gana — Ahafo
Mali — Loulo-Gounkoto
Kongo Demokratik Respublikasi — Kibali







