O'zbekiston

Farg‘onada 4 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 8 yilga qamaldi

Shuningdek, haydovchiga halok bo‘lganlar oilasiga 100 million so‘m miqdorida tovon puli to‘lash majburiyati yuklandi.

Farg‘onada 4 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 8 yilga qamaldi

 

Farg‘ona viloyatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi — 25 yoshli haydovchi aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda sudning rasmiy axborotida ma’lum qilindi.

 

Voqea Farg‘ona tumanidagi “Shohimardonobod” mahallasida sodir bo‘lgan. Dastlabki tergov materiallariga ko‘ra, Nexia avtomobili haydovchisi belgilangan tezlik me’yorlarini qo‘pol ravishda buzgan holda, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib xavfli quvib o‘tish manevrini amalga oshirgan. Natijada u Tico avtomobili bilan yuzma-yuz to‘qnashgan.

 

To‘qnashuv oqibatida Tico haydovchisi hodisa joyida halok bo‘lgan. Transport vositasida bo‘lgan ayol va ikki nafar voyaga yetmagan bola og‘ir tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. Nexia haydovchisi esa tirik qolgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, aybdor haydovchi 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi hamda 3 yil davomida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi. Shuningdek, sud halok bo‘lganlar oilasiga 100 million so‘m miqdorida tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Farg‘onada 4 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 8 yilga qamaldi | Zamon.uz