Farg‘onada 34 yoshli erkak aliment sabab xotini va 2 yoshli qizchasini o‘ldirdi
Voqea joyidan qochib ketgan erkak protsessual tartibda ushlangan.

Farg‘onada erkak ayoli va o‘z bolasini o‘ldirdi. Bu haqda zamon.uz‘ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Aniqlanishicha, kecha, 3 noyabr kuni soat 18.00 larda 34 yoshli erkak 27 yoshli turmush o‘rtog‘i bilan farzandi uchun aliment to‘lovlari masalasida janjallashib, oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘i va 2023 yilda tug‘ilgan qiziga tan jarohati yetkazgan va voqea joyida yashiringan.
Olingan jarohatlari oqibatida ayol va voyaga yetamagan qiz shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan erkakka nisbatan JK 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.







