Jahon

Isroil Livanga yana zarba berdi

Hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yetti kishi jarohatlangan.

Isroil Livanga yana zarba berdi

 

Kecha, 3-noyabr kuni Isroil Livan janubidagi ikki shaharga hujum qildi. Hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yetti kishi jarohatlangan. Al Jazeera nashrining yozishicha, hujum Isroilning Hizbulloh nishonlariga qarshi hujumlarni kuchaytirish haqidagi ogohlantirishidan bir kun o‘tib sodir bo‘lgan.

 

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi dushanba kuni bergan maʼlumotga ko‘ra, Nabatiya viloyatidagi Duveyir shahriga uyushtirilgan Isroil zarbasi bir kishining o‘limiga, yetti kishining yaralanishiga sabab bo‘lgan.

 

Yana bir hujum Bint Jubayl tumanidagi chegara shaharchasi — Ayt ash-Shaabda sodir bo‘lib, u yerda ham bir kishi halok bo‘lgan.

 

Livanning Milliy Axborot Agentligi (NNA) xabariga ko‘ra, Duveyirda Isroil kuchlari mashinaga uchta raketa yo‘llagan. Portlashdan kelib chiqqan yong‘in atrofdagi avtomobillar va savdo markaziga tarqalgan.

 

Isroil bayonotiga ko‘ra, hujumlar natijasida Hizbullohning maxsus “Radvon” bo‘linmasi komandiri deb aytilayotgan Muhammad Ali Hadid o‘ldirilgan.

 

Isroilga ko‘ra, U Nabatiya hududidada Hzibulloh infratuzilmasini qayta tiklashga uringani uchun o‘ldirilgan. Isroil tomonining aytishicha, Ayt ash-Shaabdagi yana bir “Hizbulloh” aʼzosi “Isroil askarlari haqida maʼlumot to‘plashga uringani” paytida o‘ldirilgan.

 

Sulh buzildi

Isroil va Hizbulloh tomonidan 2024 yil; noyabr oyida tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi fonida Isroil armiyasi hujumlari sodir bo‘lmoqda. Ushbu sulh bir yildan ortiq davom etgan chegara to‘qnashuvlarini to‘xtatishga qaratilgan edi. Ammo so‘nggi kunlarda Isroil rasmiylari harbiy amaliyotlarni yana-da kuchaytirishni vaʼda qilmoqda. Yakshanba kuni Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats Hizbulloh o‘zi bilan o‘ynayotgan olovning jiddiyligini tushunmayapti” deb aytdi va Livan prezidenti “guruhni jilovlash bo‘yicha yetarli chora ko‘rmayapti”,- deya tanqid qildi.

 

Hizbulloh Xalqaro bosim ortmoqda

Uzoq davom etayotgan urushdan charchagan Hizbulloh xalqaro bosim ostida qurolsizlanishga chaqirilmoqda. AQSH Livanni Isroil bilan bevosita muzokaralar o‘tkazishga undamoqda. AQSH maxsus elchisi Tom Barrak Vashington “tomonlar o‘rtasida muzokaralarni rag‘batlantiryapti”, deb bayonot bergan.

 

Livanning sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, shanba kuni Nabatiyada amalga oshirilgan Isroil hujumlari natijasida to‘rt kishi halok bo‘lgan.

 

Prezident Jozef Aun esa Isroilni “tinchlik tashabbuslariga bomba bilan javob berayotganlikda” aybladi.

 

Yangi urush xavfi

Isroil hujumlarining ortishi bilan, Isroil va Hizbulloh o‘rtasida yangi keng ko‘lamli to‘qnashuv boshlanishi mumkinligidan xavotir kuchaymoqda. Amaldagi sulh esa tobora o‘z ahamiyatini yo‘qotayotgandek.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Isroil Livanga yana zarba berdi | Zamon.uz