O'zbekiston

"Oltin kuz" — iqtidorli yoshlar uchun yangi sahna

Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan “Oltin kuz” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi madaniyat va san‘at sohasida faoliyat yuritayotgan yosh iste‘dodlarni bir sahnada jamladi.

"Oltin kuz" — iqtidorli yoshlar uchun yangi sahna

 

Forum Madaniyat Vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 4-noyabrga qadar davom etadi. Mazkur loyiha yosh ijodkorlarni ijodiy salohiyatini rivojlantirish va tajriba almashishlari uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 250 nafardan ortiq ijodkorlar maqom, rassomchilik, teatr, cholg‘u chalish kabi yo‘nalishlarda o‘z iqtidorlarini namoyon etish orqali ishtirok etmoqda.

 

Ijodiy birlik va yangi imkoniyatlar

Forumda ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i - Dilfuza Shamuratova forum doirasida treninglar, tanlovlar hamda mahorat darslari bo‘lib o‘tayotganligi haqida ta'kidlab o'tdi.

 

Madaniyat Vazirligi Teatr va sirk sanʼati vakili hamda Kinematografiya sohasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i Zulayho Tursunaliyeva esa - forum doirasida 20 dan ortiq tadbir rejalashtirilgani, xususan drammatik va qo‘g‘irchoq teatr yo‘nalishlarida tanlovlar o‘tkazilib borilayotgani haqida ta‘kidladi. Shu o‘rinda "Teatr sanʼati, drammatika va qo‘g‘irchoq teatri" yo‘nalishi bo‘yicha ikkita tanlovga start berilgani va to‘rt kun davomida eng yaxshi spektakllar tomoshabinlarga namoyish etib borilishi haqida ma'lum qildi.

 

Forum doirasida yoshlar uchun bir qator qiziqarli tadbirlar tashkil etilgan jumladan:

  • ijodkor yoshlar safini kengaytirish va ularni davlat tadbirlariga jalb etish maqsadida ijodiy tanlovlar orqali yangi iste'dodlarni saralab olish ;
  • yoshlarni o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan malakali psixologlar tomonidan motivatsion sessiyalar;
  • madaniyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari va treninglar;
  • ijodkor yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda o‘z ijodiy mahsulotlarini keng ommaga targ‘ib etish, ijodkor yoshlar imidji va ijtimoiy mediamarketing yaʼni smm yo‘nalishida seminar treninglar;

 

Forum mobaynida “Nazm gulshani” nomli yosh shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

 

Shuningdek forum doirasida 3–10 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali” haqida ham ma‘lumot berildi. Madaniyat Vazirligi tomonidan ikkinchi marotaba bo‘lib o‘tayotgan festivalda Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistondan ijodiy jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Forum gala konsert va taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi

“Oltin kuz” forumining so‘nggi kuni — 4-noyabrda Turkiston san‘at saroyida gala konsert tarizda bo‘lib o‘tadi. Unda tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

"Oltin kuz" — iqtidorli yoshlar uchun yangi sahna | Zamon.uz