Jahon

Rimda o‘rta asr minorasi qulab tushdi: bir kishi halok bo‘ldi

1203-yilda qurilgan tarixiy Konti minorasi restavratsiya vaqtida qulagan.

Rimda o‘rta asr minorasi qulab tushdi: bir kishi halok bo‘ldi

 

Italiya poytaxti Rimda joylashgan o‘rta asrlarga oid Konti minorasining bir qismi qulab tushdi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch ishchi jarohatlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea 3-noyabr kuni restavratsiya ishlari olib borilayotgan paytda sodir bo‘lgan. Jarohatlanganlarning barchasi qurilish maydonida bo‘lgan ishchilar ekani qayd etilgan. Dastlab uch nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan.

 

Vayronalar ostida qolgan to‘rtinchi ishchini qutqarish chog‘ida minora yana qulab tushgan. Oktay Stroichi ismli ishchi taxminan 12 soatdan so‘ng vayronalar orasidan chiqarilgan, biroq tez yordam mashinasida uning yuragi to‘xtab qolgan. Shifokorlar hayotni saqlab qolishga uringan, ammo natija bo‘lmagan. Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi marhumning Ruminiya fuqarosi ekanini tasdiqladi.

 

Qutqarib olingan ishchilardan birining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Voqea joyiga Rim meri Roberto Galteri hamda Italiya madaniyat vaziri Alessandro Juli borib, vaziyat bilan tanishdi. Tergov ishlari Rim prokuraturasi tomonidan boshlangan.

 

Konti minorasi 1203-yilda Papa Innokentiy III va Senya graflari topshirig‘iga binoan qurilgan bo‘lib, dastlab monastir hududida joylashgan ibodatxonaning o‘rnida turar joy va mudofaa inshooti sifatida barpo etilgan. Ilk balandligi 50 metrdan ortiq bo‘lgan minora keyingi asrlardagi zilzilalar va qayta qurilishlar natijasida qisqargan bo‘lib, hozirda 29 metrga teng.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rimda o‘rta asr minorasi qulab tushdi: bir kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz