O'zbekiston

Serbiyada futbol vaqtida murabbiy vafot etdi

U o‘yin payti o‘zini yomon his qilgan hushidan ketgan.

Serbiyada futbol vaqtida murabbiy vafot etdi

Serbiya Superligasining 14-turidan o‘rin olgan “Mladost Luchani” — “Radnichki 1923” uchrashuvi vaqtida fojiaviy holat sodir bo‘ldi. Kraguyevas klubi bosh murabbiyi, bosniyalik mutaxassis Mladen Jijovich o‘yin davomida vafot etdi.

 

Fojia uchrashuvning 22-daqiqaida, “Radnichki 1923” 2:0 hisobida oldinda borayotgan paytda yuz bergan. Murabbiy o‘yin zonasida o‘zini yomon his qilgan va hushidan ketgan. Tibbiyot xodimlari darhol yordam ko‘rsatib, uni hushiga keltirishga harakat qilishgan. Jijovich tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan, ammo yo‘lda uning joni uzilgan.

 

Guvohlarning aytishicha, murabbiy og‘ir holatda yerga yiqilgan va shifokorlar kelganida u deyarli nafas olmayotgan bo‘lgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Jijovich oldin yurak bilan bog‘liq sog‘liq muammolariga duch kelgani taxmin qilinmoqda, biroq rasmiy sabab hali eʼlon qilinmadi.

 

Jijovichning vafoti haqida xabar o‘yin davomida stadionga maʼlum qilindi. Bu esa futbolchilar va murabbiylar shtabini qattiq ruhiy zarbaga uchratdi.

custom img

Toshkentda maktab o‘quvchilari ommaviy janjallashdi

Holat yuzasidan ularning ota-onalariga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

custom img

Turkiyada o‘zbekistonlik kelin tilla o‘g‘irlagani haqidagi ayblovlarni rad etdi

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

Yangi Toshkentda qurilish mahsulotlari yonib ketdi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

custom img

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng tinch mamlakat deb topildi

Global Peace Index 2026 reytingida O‘zbekiston 163 davlat orasida 37-o‘rinni egalladi.

custom img

Damas’da 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Haydovchi avval mast holda avtomobil boshqargani uchun sud qarori bilan haydovchilik huquqidan mahrum etilgani aniqlangan.

custom img

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

custom img

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

PISA 2025 xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"