O'zbekiston

O‘zbek shoirining kitobi Qirg‘izistonda nashr etildi

Avvalroq Shuhrat Orifning "Mavi erk" kitobi turk tilida Anqarada chop etilgan edi.

O‘zbek shoirining kitobi Qirg‘izistonda nashr etildi

 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Shuhrat Orifning “44-kuz”  sheʼriy kitobi Qirg‘izistonning Bishkek shahrida nashrdan chiqdi. “Mukay” nashriyoti tomonidan chop etilgan kitobdagi sheʼrlarni isteʼdodli shoira, Jo‘lon Mamitov nomidagi mukofot sohibi Gulumxan Isayeva qirg‘iz  tiliga tarjima qilgan.

 

Kitobga  Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, taniqli shoir Atantay  Akbarov so‘zboshi yozgan.

 

Shuhrat Orif o‘zbek adabiyotini xorijda faol targ‘ib qilib kelayotgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning sentyabr oyida shoirning "Mavi erk" kitobi turk tilida Anqarada chop etilgan edi.

 

Ijodkorning sheʼrlari  ingliz, turk, ozarbayjon, qirg‘iz, qozoq, turkman, uyg‘ur tillariga tarjima qilingan.

 

2025 yilda Shuhrat Orif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Shoirning turkiy xalqlar adabiy aloqalariga qo‘shayotgan hissasi Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti  tomonidan eʼtirof etilib, TURKSOY medali bilan taqdirlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.